Jahon | 18:59 / 03.11.2015
3051
1 daqiqa o‘qiladi

Koalitsiya samolyotlari IShID pozitsiyalariga 22 marta zarba yo‘lladi

AQSh va koalitsiya samolyotlari Suriya va Iroqda IShID bazalariga 22 marta havo zarbalarini amalga oshirdi.

Reyter nashri xabariga ko‘ra, Iroq hududida 15 marta, Suriya hududida esa 7 marta hujum uyushtirilgan. Hujumlar orqali jangarilarning qurol saqlanadigan omborxonalari, tunnellar tizimi va shtab qarorgohlari yo‘q qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish