Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livan avtomobilsozlari ming ot kuchiga ega karbonli superkar yaratadi
Birinchi arab superkari hisoblanmish Lykan Hypersport’ni yaratgan Livanning W Motors kompaniyasi yangi modelni debyutga tayyorlamoqda. Uning nomi Fenyr SuperSport bo‘lib, 10 noyabr kuni Dubaydagi xalqaro motorshouda namoyish etiladi.
Yangi model Magna Steyr korporatsiyasi hamda Germaniyaning RUF tyuning atelesi bilan hamkorlikda ishlab chiqildi. Superkar kuzovi butunlay karbondan tayyorlanadi, motor esa ming ot kuchiga erisha oladi. Modelning massasi 1.2 ming kg ni tashkil qiladi.
Model haqida boshqa ma'lumotlar hozircha yo‘q. Kutilishicha, superkar 25 nusxada chiqariladi. Har bir mashinaning narxi 1 mln dollardan oshadi.
Markaning birinchi modeli – Lykan Hypersport 6 silindrli 3.7 l li, 750 ot kuchiga ega oppozitli biturbo motor bilan jihozlangan bo‘lib, u 6 diapazonli sekvental transmissiya bilan uyg‘unlikda ishlaydi. Mashina 2.8 sekundda 100 km/soat, 9.4 sekundda 200 km/soat tezlikka erishadi. Maksimal tezligi – 390 km/soat.