Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar "O‘zbekistonning yetti mo‘'jizasi"ni aniqlashadi
Joriy yilning aprel oyida boshlangan “O‘zbekistonning yetti mo‘'jizasi” aksiyasi nihoyat yakuniy bosqichga yetib keldi.
Yakuniy bosqich talablariga muvofiq, Ziyo.Net axborot resurs tarmog‘ining “O‘zbekistonning madaniy merosi” bo‘limiga kirib o‘zingiz ma'qul deb topgan madaniy meros va mamlakatning moddiy boyligi ko‘rsatilgan sahifaga kirib unga ovoz berishingiz hamda O‘zbekistonning “Yetti mo‘'jiza”larini aniqlashga o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin.
Har bir moddiy va nomoddiy madaniy meros obektiga kun davomida bir marta ovoz berish imkoniyati bor. Ovoz berish dekabr oyining boshigacha davom etib, eng ko‘p ovoz olgan obektlar yakuniy ro‘yxatga kiritiladi.
Kun.uz tahririyatiga yo‘llangan matbuot xabarnomasida ta'kidlanishicha, aksiyani o‘tkazishdan asosiy maqsad “yurtimizning moddiy (arxitektura va arxeologik yodgorliklar, tabiat mo‘'jizalarini) va nomoddiy merosni (urf-odat, an'ana, qadriyat, san'at) kelajak avlodga yetkazish hamda targ‘ib qilish uchun yagona bazaga to‘plash” dir.
Ushbu aksiyaning o‘tkazish maydoni ZiyoNET axborot resurs tarmog‘ining “O‘zbekistonning madaniy merosi” bo‘limi hisoblanib, unda portaldan ro‘yxatdan o‘tgan istagan kishi ishtirok etsa bo‘ladi. Hozirgi kunga kelib aksiya doirasida 374ta meros obektlari bo‘limga kiritildi.
Aktsiya yakuniga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan moddiy va ma'naviy meros obektlari tantanali tadbirda e'lon qilinadi.