O‘zbekiston | 12:27 / 03.11.2015
2301
1 daqiqa o‘qiladi

"O‘zbekturizm" O‘zbekiston fuqarolarini Indoneziya, Singapur va Malayziyadagi ekologik xavfdan ogohlantirdi

«O‘zbekturizm» MK Indoneziya, Singapur va Malayziyaga yo‘l olgan O‘zbekiston fuqarolariga noqulay ekologik vaziyatni inobatga olishlarini tavsiya qildi.

«O‘zbekturizm» kompaniyasi matbuot xizmati tomonidan ma'lum qilinishicha, havoning ifloslanishiga Indoneziyaning Sumatra va Kalimantan orollaridagi o‘rmon yong‘inlari sabab bo‘lgan.

"27 oktabr holatiga ko‘ra, ushbu davlatlarda havoning yong‘in tufayli ifloslanishi “PSI” (“Pollutant Standards Index”) shkalasi bo‘yicha 150dan 800 punktgacha qayd etildi. 100 balldan yuqori ifloslanish inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi", deyiladi xabarda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish