Jamiyat | 17:16 / 03.11.2015
3195
1 daqiqa o‘qiladi

Ruhiy nosog‘lom xitoylik o‘z pullarini yirtib tashladi

Xitoyning Sichuan viloyati, Emeyshan shahridagi 70 yoshli Lo 47600 yuanni yirtib tashladi. Bu uning nosog‘lom ruhiy holati bois sodir bo‘ldi. Lo o‘ziga kelgach, qilgan ishidan afsuslanib, qayg‘uga botib qolgan. Uning oila a'zolari unga yordam berishga ahd qilishdi.

25 oktabrdan boshlab mahalliy bankning 13 nafar xodimi yirtib tashlangan 5—100 yuanlik kupyuralarni tiklashga kirishishdi. Bularning bari qo‘l mehnati yordamida qilinyapti. Xodimlarning aytishicha, kupyuralar bir haftadan so‘ng tiklanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish