Jahon | 17:26 / 03.11.2015
2009
2 daqiqa o‘qiladi

Singapur TIV: Indoneziyadagi yong‘in jinoiy xatti-harakatlar natijasidir

Singapur hukumati hududdagi kuchli tutun natijasini “inson tomonidan amalga oshirilgan jinoyat”, deb baholadi hamda uni ekologiyaga qattiq zarari bor, deb ko‘rsatdi. Bu haqda 3 noyabr kuni mamlakat tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan ta'kidlab o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shni davlatlar — Bruney, Malayziya, Singapur, Tailand va Filippinga zarar yetkazgan ushbu holat bee'tibor qoldirilmasligi hamda jinoyatchilarga nisbatan “samarali huquqiy va tijoriy bosim o‘tkazish lozim”. Chora-tadbirlar “iloji boricha ochiq ko‘rinishda o‘tishi kerak”, deb qo‘shimcha qildi vazir.

Avvalroq Singapur hukumati o‘z hamkasblaridan ushbu yong‘inda aloqasi bor kompaniyalar ro‘yxatini taqdim etishni so‘ragan edi. Singapur qonunchiligida yong‘in keltirib chiqargan yuridik shaxs har kungi tutunli havo uchun 72 ming AQSh dollari hisobida jarima to‘lashi shart.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish