O‘zbekiston | 17:01 / 03.11.2015
21705
1 daqiqa o‘qiladi

Sirg‘ali avtobozoridagi Chevrolet Captiva narxlari chet el yo‘ltanlamaslari bilan qiyoslandi

Sirg‘ali avtobozorida sotilayotgan eng xaridorgir Chevrolet Captiva krossoverlarining narxlari unga raqobatchi bo‘layotgan bir qator chet el yo‘ltanlamaslari bilan qiyoslab ko‘rildi.

Keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda, Captiva’ning o‘rtacha narxlari, yili va yurgan yo‘liga qarab, 18 ming dollardan 12 ming dollargacha bormoqda: agar 2008 yili chiqarilgan, mexanik transmissiyali 87 ming km yo‘l bosgan mashina narxi 12 ming dollardan oshmasa, 2012 yil Captiva 2 modellari 18 ming dollardan kamiga sotilmayapti. Bundan tashqari, 14.5 va 13 ming dollarga bu rusumdagi mashinani xarid qilish mumkin.

Ayni paytda, avtobozorda unga raqobatchi bo‘layotgan Infiniti EX 35 25 ming dollarga, Toyota Land Cruiser narxi 16 ming dollarga, Toyota RAV 4 23 ming dollarga, Hyundai Tucson 16 ming dollarga, Toyota Land Cruiser Prado 28 ming dollarga baholanmoqda.