Jamiyat | 13:31 / 03.11.2015
2617
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda MChJ rahbari 80 mln so‘m noqonuniy daromad olganlikda ayblandi

Toshkent shahridagi MChDlardan birining rahbari Davron Hamidov 80 mln so‘m daromad qilganlikda ayblandi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Val Dal Avto Servis MChJ rahbari sifatida ishlab kelgan Hamidov nazorat qilinmaydigan 80 mln so‘mlik daromad olib, ularni hujjatlarda aks ettirmagan. Bu holat tekshiruv chog‘ida ma'lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, u sheriklari bilan noqonuniy yo‘llar bilan spirtli ichimliklar tayyorlab, sotuvga chiqargani ma'lum bo‘ldi.
Sud qarori bilan unga tegishli jazo tayinlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish