Jahon | 23:33 / 03.11.2015
2803
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada siyosiy nashrlardan birining ikki nafar muharriri hibsga olindi

Turkiya huquq-tartibot organi xodimlari siyosiy nashrlardan biri Nokta gazetasining ikki muharririni hukumatga qarshi qo‘zg‘alon ko‘tarish kayfiyatini targ‘ib etgani uchun qo‘lga olishdi. Bu haqda nashr sayti xabar bermoqda.

Bunga mamlakatda o‘tgan so‘nggi saylovlarga bag‘ishlab nashrning muqovasida keltirilgan so‘zlar va suratlar sabab bo‘lgan. Unda Turkiyadagi saylov natijalari mamlakatda fuqarolar urushi boshlanishiga sabab bo‘lishi haqida yozilgan.

Rasmiy ravishda nashrning bosh muharriri Tsevxer Guven va yangiliklar muharriri Murat Kapan hibsga olingan.

Jurnalistlar politsiya xodimlari nashrning so‘nggi sonining barcha adadini musodara qilishga order olgach, hibsga olingan. Nashr sayti Turkiya hududida yopib qo‘yilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish