Sport | 09:40 / 04.11.2015
3439
1 daqiqa o‘qiladi

Anxel Di Mariya: PSJ «Real»dan 10 marta kuchli o‘ynadi

«Pari Sen-Jyermen» jamoasi vingeri Anxel Di Mariya YeChLning guruh bosqichi, 4-turida «Real»ga qarshi kechgan bahsdan so‘ng (0:1) jurnalistlar bilan gaplashdi.

«Biz mavsumdagi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatdik. Bittagina xato qildik va gol o‘tkazib yubordik.

Bugun «Real»dan 10 marta kuchli o‘ynadik. Shu ruhda davom etishimiz kerak. Bu jamoa katta natijalarga erishadi. Chempionlar ligasi og‘ir va uzoq davom etadigan musobaqa», – deydi Di Mariya Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, futbolchilik faoliyatini "Benfika"da boshlagan Di Mariya 2010 yildan 2014 yilgacha "Real" safida o‘ynagan va 4 mavsumda 22ta gol urgan. Keyingi mavsumni Angliyada, "MYu" safida o‘tkazgan futbolchi 2015 yilning yozida PSJga kelib qo‘shildi. U yangi jamoasining yetakchilaridan biriga aylangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish