Jahon | 08:39 / 04.11.2015
2906
1 daqiqa o‘qiladi

Manba: A321 falokati qurbonlari jasadlarida portlash alomatlari topilmadi

Rossiyalik va misrlik mutaxassislar A321 laynerining Misrda qulagan joyida dastlabki ko‘rik o‘tkazishgandan keyin falokat qurbonlari jasadlarida mina-portlash izlarini aniqlashmadi, deb xabar bermoqda Sud-tibbiyot ekspertizasi markazidagi manbaga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi.

“Dastlabki ko‘rik o‘tkazilgandan keyin halok bo‘lganlar jasadlarida mina-portlash izlari aniqlanmadi”, deb aytdi manba.

Avvalroq ko‘rik jarayonida ishtirok etgan misrlik sud-tibbiyot eksperti samolyot qurbonlari jasadlaridagi jarohatlar tavsifi samolyot yerga urilishidan avval unda portlash yuz berganiga ko‘rsatishi mumkinligini aytgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish