Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada bank xodimi qiyofasidagi firibgar mijozlarning 180 ming dollarini o‘zlashtirib oldi
Moskva shahrida o‘zini bank xodimi sifatida tanishtirgan noma'lum shaxs 2 nafar mijozni firibgarlik yo‘li bilan aldab, ularning 180 ming dollar miqdoridagi pulini o‘zlashtirgan. Bu haqda politsiyaga asoslanib, TASS nashri xabar bergan.
"3 noyabr kuni Sadovo-Kudrinskoydagi bankka 2 kishi dollarni rublga almashtirish maqsadida kelishgan. Ular bu yerda o‘zini bank xodimi deb tanishtirgan firibgarga ro‘baru bo‘lishgan va biri 100 ming, ikkinchisi 80 ming dollar miqdoridagi pulni unga tutqazishgan. Firibgar esa pullarni olib, g‘oyib bo‘lgan", deyiladi xabarda.
Ayni vaqtda ushbu hodisa bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va jinoyatchini qidirish ishlari olib borilmoqda.
Firibgarning tashqi ko‘rinishi bankdagi kuzatuv kameralarida muhrlanib qolgan.