Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noyabr oyi oxirida Qirg‘iziston aholisi soni 6 mlnga yetadi
Shu yilning noyabr oyi oxirigacha Qirg‘izistonda aholi soni 6 million nafarga yetishi kutilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi demografiya bo‘limi rahbari Rima Chiniboyevaga asoslangan holda KirTag nashri xabar bergan.
"Men hozir aniq ma'lumotlarni kutayapman, bir qancha kundan so‘ng aniq raqamlarni keltirishim mumkin. Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, qirg‘izistonliklarning olti millioninchisi shu oy oxirigcha tug‘iladi", deydi u.
Uning aytishicha, 5 millioninchi qirg‘izistonlikning tug‘ilgani 2002 yilning 27 avgustida qayd etilgandi.
Ma'lum qilinishicha, 2005 yilning 1 avgusti holatiga ko‘ra, Qirg‘izistonda doimiy yashovchilar soni 5 mln 964 ming kishi bo‘lgandi.