Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda suv ta'minoti tizimi boshqaruvi yaxshilanadi
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi hamda O‘zbekiston viloyatlari hokimiyatlari qoshida suv ta'minoti va kanalizatsiya tashkilotlari negizida 1 yanvarga qadar “Suvoqova” yagona davlat unitar korxonalari hamda ularning shaharlar va tumanlardagi filiallari yaratiladi.
Hukumatning 30 oktabrdagi qarorida aytilishicha, bu qayta tashkil etish soha boshqaruvini yaxshilash, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasini oshirishga qaratilgandir.
Hujjatda zamonaviy boshqaruv metodlari, axborot-kommunikatsion va energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish ko‘zda tutilgan.
2016 yilning ikkinchi choragiga qadar butun mamlakat bo‘ylab abonentlarni to‘la inventarizatsiya qilish, shuningdek, hisob-kitoblar kompyuterizatsiyasini o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.