O‘zbekiston | 09:10 / 04.11.2015
7893
1 daqiqa o‘qiladi

Ravon Matiz 2016 yil boshidan sotuvga chiqariladi

Restayling qilingan Ravon Matiz mashinasi 2016 yildan boshlab Rossiya avtobozorlariga chiqariladi.

Subkompakt xetchbek xavfsizlik yostiqchasi, ABS, immobilayzer hamda Isofix bolalar o‘rindiqlarini mustahkamlash tizimiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ertalabki chiroqlar, orqa ko‘rinishni beruvchi oynalar dizayni o‘zgaradi.

Ilgariroq xabar qilinganidek, Matiz 2015 yili “Rossiyada yil avtomobili” mukofotiga sazovor bo‘lgan edi. Shu davr ichida Rossiyada bu mashinalardan 300 ming dona sotilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish