Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya mudofaa vazirligi Suriyadagi operatsiya qachongacha davom etishini ma'lum qildi
Rossiya havo kosmik kuchlarining Suriyadagi harbiy operatsiyasi Bashar Asad armiyasining terrorchilarga hujumi yakunlanguniga qadar davom etadi. Bu haqda 4 noyabr kuni ASeAN davlatlari mudofaa vazirlari kengashida Rossiya harbiy idorasi rahbari o‘rinbosari Anatoliy Antonov bayonot berdi.
“Operatsiya muddati cheklangan bo‘lib, Suriya armiyasining terrorchilarga qarshi hujumkor harakatlari yakunlanguniga qadar davom etadi”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
Shuningdek, Antonov Rossiyaning Suriyadagi harakatlari mutlaqo qonuniy ekanligini yana bir bora ta'kidlab o‘tdi.