Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruminiya bosh vaziri iste'foga chiqadi
Ruminiya bosh vaziri Viktor Ponta iste'foga chiqadi, deya xabar bermoqda Reuters.
Bu haqdagi qaror klubda ro‘y bergan yong‘indan so‘ng bo‘lib o‘tgan ommaviy norozilik aksiyalaridan keyin qabul qilingan.
“Viktor Ponta o‘z lavozimidan voz kechmoqda. Bo‘lib o‘tgan hodisa uchun javobgarlikni kimdir o‘z zimmasiga olishi lozim edi. Bu jiddiy ish va biz vaziyatni tezda hal qilamiz”, - dedi hukmron partiya rahbari.
Eslatib o‘tamiz, 31 oktabrga o‘tar kechasi Ruminiya poytaxti Buxarest shahridagi tungi klubda yong‘in sodir bo‘lgan edi. O‘sha vaqtda klubda bo‘lganlarning 150 nafarga yaqini turli darajadagi kuyish va is gazidan zaharlanish jarohatini olgan. Vafot etganlar soni 32 nafarga yetdi. Fojia munosabati bilan mamlakatda uch kunlik motam e'lon qilindi.