Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada IShIDning 9 jangarisi qo‘lga olindi
Turkiyaning Gaziantep shahrida IShID terrorchi guruhining 9 a'zosi hibsga olindi. Reuters agentligining ma'lum qilishicha, ular Anqaradagi teraktlarni uyushtirishda gumon qilinmoqda.
O‘tgan juma politsiya 2 kishini qo‘lga olgan edi, bir necha kundan so‘ng yana 7 kishi ularga sherik bo‘lgani aniqlandi.
“Guruh a'zolari yonidan granatalar, portlovchi moddalar va qurol-yarog‘ topildi. Teraktlardan maqsad parlament saylovlariga to‘sqinlik qilish bo‘lgan edi”, - ma'lum qildi ma'muriyat vakillari.
Shuningdek, ular Istanbuldagi partiya ofislaridan biriga hujum uyushtirishni rejalashtirishda gumon qilinmoqda.
Ayni paytda ular Turkiya janubi-sharqida sud qilinmoqda.