Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy va Tayvan yetakchilari 1949 yildan beri ilk marta uchrashadilar
Xitoy raisi Si Tszinpin va Tayvan prezidenti Ma Intszyu Singapurda uchrashadilar, deb ma'lum qilmoqda The Guardian nashri. Bu ikki davlat yetakchilarining fuqarolik urushi yakunlangan 1949 yildan beri birinchi uchrashuvi bo‘ladi.
Tayvan rahbari vakilining ta'kidlashicha, ikki yetakchi “har bir davlat masalalari bo‘yicha fikr almashadilar”. U, shuningdek, uchrashuvdan maqsad “ikki davlat o‘rtasidagi tinchlikni ta'minlashdan” iboratligini, biroq hech qanday kelishuv imzolanmasligi va hech qanday qo‘shma bayonot berilmasligini ta'kidlab o‘tdi.
Pekin hanuzgacha Tayvanni o‘zining hududi deb hisoblab keladi va uning o‘z hududiga qo‘shilishini kutib keladi. Tayvan rahbarining keyingi yilda prezidentlik muddati o‘z yakuniga yetadi, mamlakatdagi eng ommaviy partiya esa Xitoyga nisbatan tanqidiy munosabat bildiradi.