O‘zbekiston | 17:52 / 05.11.2015
14930
1 daqiqa o‘qiladi

Mobil muxbir: Namangan shahrida "Damas"lar harakati tartibga solinadimi?

Namangan shahrida hozirgi kunda mingdan oshiq "Damas" avtomobili haydovchilari yo‘lovchi tashish bilan shug‘ulanib kelayapti. Ammo ayrim haydovchilar tegishli hujjatlarsiz faoliyat ko‘rsatmoqda, tajribasiz yosh haydovchilar sababli ko‘ngilsiz voqealar, yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lmoqda.
Bir necha yillar muqaddam shaharda 100dan ziyod avtobuslar aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlagan edi. Biroq ularni bugun deyarli uchratmaysiz. "Damas" haydovchilari esa o‘zlari istaganidek narx belgilab olishgan.
Ular o‘rniga avtobuslar harakati qayta tiklanib, aholiga arzon va sifatli xizmat ko‘rsatilsa, yaxshi bo‘lar edi, deya xabar qildi namanganlik mobil muxbirimiz.

Arxiv fotosi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish