Jahon | 16:04 / 05.11.2015
2795
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada Suriyaga rekrut yollash bilan shug‘ullangan qirg‘izistonlik qo‘lga olindi

Moskvada Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi va Rossiya federal xavfsizlik xizmati hamkorligida Suriyaga jo‘natish uchun jangarilar yollash bilan shug‘ullanib kelgan Qirg‘iziston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda qo‘mitaning matbuot xizmati xabar qildi.

Aytilishicha, 1990 yilda tug‘ilgan gumondor har ikki davlatda man qilingan tashkilot a'zosi bo‘lib, bir yil davomida ko‘ngillilar yollash bilan shug‘ullanib kelgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish