Jahon | 11:17 / 05.11.2015
5188
1 daqiqa o‘qiladi

NASA Marsga uchishni istovchilardan hujjat qabul qilishni boshlaydi

NASA Marsga parvozni amalga oshirishga tayyorgarlik missiyasi doirasida “qizil sayyora”ga uchishni istovchilardan ariza qabul qilish sanasiga oydinlik kiritdi. Anketalar joriy yilning 14 dekabridan 2016 yilning fevral oyi o‘rtalariga qadar davom etadi.

Bo‘lajak fazogirlarda quyidagi talablar mavjud bo‘lishi kerak: Amerika fuqaroligi, oliy ma'lumotli, akkreditatsiya muassasidan o‘tgan va kamida bakalavr darajasining biologiya, fizika va kimyo fanlari muhandisligi.

Bundan tashqari, nomzodlar mutaxassisligi bo‘yicha uch yillik tajribaga ega bo‘lishi yoki ming soat vaqt mobaynida reaktiv samolyot komandiri bo‘lganligi haqidagi hujjatni ko‘rsatishlari lozim bo‘ladi. Agentlik ma'lumotida alohida ta'kidlanadigi, nomzodlarning uzoq parvozga nisbatan jismoniy holatlarini tekshirish NASA agentligida bo‘lib o‘tadi.