Jamiyat | 09:43 / 05.11.2015
3343
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Suriyada IShIDga qarshi kurashayotgan kanadalik ko‘ngilli halok bo‘ldi

Suriyada demokratik kuchlar tomonida turib IShIDga qarshi kurashayotgan Kanada fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda CBC telekanali xabar berdi.

Telekanalda aniqlashtirilishicha, bu axborot Suriya huquq himoyachilari tomonidan yetkazilgan. Suriya demokratik kuchlari saflarida bo‘lgan Jon Robert Gallaxer kamikadzening uning otryadiga uyushtirgan hujumi oqibatida halok bo‘lgan.

Marhum Alberta viloyatining Kalgari shahrida istiqomat qilgan, Yaqin Sharqqa yo‘l olishdan ilgari esa Kanada qurolli kuchlarining piyoda batalonlaridan birida xizmat o‘tagan.
Kanada TIV ushbu axborot tekshirilayotganini ma'lum qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish