Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 16:55 / 05.11.2015
1938
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston TIVda Yaponiya elchisi qabul qilindi
2015 yilning 5 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yaponiyaning favqulodda va muxtor elchisi Fumihiko Kato bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbatda Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abening O‘zbekistonga tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga qaratilgan ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.