Sport | 09:46 / 05.11.2015
4324
1 daqiqa o‘qiladi

Peres Krishtianu Ronaldudan Kicker nashriga bergan intervyusi uchun izoh so‘radi

"Real" klubi prezidenti Florentino Peres va hujumchi Krishtianu Ronaldu PSJ jamoasiga qarshi YeChL o‘yini arafasida uchrashishdi.

Peres futbolchilar bilan «Santyago Bernabeu» kiyinish xonasi yonida salomlashgan. Navbat Ronalduga yetganda, prezident undan yaqinda bergan intervyusiga izoh so‘ragan. Futbolchi, o‘z navbatida, Peres uning so‘zlarini noto‘g‘ri tushunganini ta'kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Ronaldu Kicker nashriga bergan intervyusi chog‘ida boshqa jamoaga o‘tishi mumkinligiga sha'ma qilgan edi.

"Men "Real"dan ketishim mumkinmi? Nega endi yo‘q? Men hozirda Madridda o‘ynayapman, biroq futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Seni baxtli qiladigan ishni amalga oshirishing lozim. Ertaga nimalar ro‘y berishini hech kim bilmaydi", - degandi o‘shanda Ronaldu.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish