Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozoqtelekom va Tele2 mamlakat mobil operatorlarini birlashtiradi
“Qozoqtelekom” AJ va Tele2 Group “Altel” (ALTEL 4G brendi) va “Mobayl telekom-servis” (TELE2 brendi) mobil operatorlarini birlashtirish borasida kelishuvga erishdi. Birlashgan operator ikki kompaniyaning ichki bozordagi pozitsiyalarini mustahkamlab, iste'molchilarga yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.
“Samruq-Qazina” fondi saytida xabar qilinishicha, ikki kompaniya o‘rtasidagi hamkorlik tomonlarning strategik manfaatlariga mos keladi, shuningdek, Qozog‘iston ichki bozorida kuchli uchinchi o‘yinchining paydo bo‘lishiga zamin yaratadi.
Yangi operatorning abonentlik bazasi kelishuvlar tugashiga yaqin 7 mln kishini tashkil qiladi, bu esa ichki bozorning 20 foizidir.