Jahon | 22:21 / 05.11.2015
1848
1 daqiqa o‘qiladi

Siemens qochqinlarga gumanitar yordam tariqasida 1 mln yevro ajratadi

Germaniya elektrotexnika konserni Siemens AG Germaniyadagi qochqinlar uchun 1 mln yevro miqdorida gumanitar yordam ajratishga qaror qildi, deb xabar qilmoqda Associated Press.

Bu haqda Bild gazetasiga kompaniya rahbari Jo Kezer ma'lum qilgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, kompaniya, shuningdek, muhojirlar uchun Berlin, Bavariya va Shimoliy Reyn — Vestfaliya hududida binolar qurib beradi.

Kezer yana shuni ma'lum qilganki, Siemens yana 250 ming dollarni shu yo‘lda qurbon qiladi.
Avvalroq Germaniya iqtisodiy tadqiqot instituti qochqinlar mamlakat iqtisodi uchun foyda keltirishi mumkinligi haqida ta'kidlab o‘tgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish