Jahon | 00:03 / 05.11.2015
1858
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Ukraina radasini viza tizimiga mas'uliyatsiz yondashayotganlikda aybladi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko yuqori Rada deputatlari parlamentda qonun loyihalari doirasida Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga nisbatan viza tizimini liberallashtirish chora-tadbirlarini mas'uliyat bilan ko‘rib chiqishlari lozimligini ma'lum qildi. Bu haqida mamlakat prezidentining rasmiy saytida xabar qilingan.

“5 noyabr Yuqori radada alohida e'tiborga molik kun. Shu kuni deputatlar 2016 yildan boshlab Ukraina fuqarolarining Yevropa Ittifoqi hududiga vizasiz rejimda o‘tishlarini qanchalik maqsadga muvoffiqligini ko‘rib chiqishadi”, — dedi Poroshenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “ertangi bir qator qonun loyihasiga ovoz berish Ukrainaning navbatdagi vazifalaridan birini amalga oshirganini, texnik shartlarni bajarganini va vizasiz rejim mezonlarini ko‘rib chiqqanligini” anglatadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish