Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada dori vositalari dronlar orqali yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yiladi
Yaponiyada 2018 yildan boshlab dori vositalarini uchuvchisiz dronlar orqali yetkazib berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda, deya xabar beradi Nikkei.
Xabarda qayd qilinishicha, uchuvchilarsiz boshqariladigan moslamalar mamlakatdagi eng chekka hududlarga o‘ta zarur bo‘lib qolgan vaziyatlarda turli dori vositalarini yuborish, shuningdek, qon quyish uchun sharoit yaratish imkoniyatini beradi.
Hozirgi vaqtda mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, aholi yashash punktlarida uchuvchisiz boshqariladigan moslamalarning parvoz qilishi hukumat ruxsatisiz uchishi taqiqlanadi.
Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe va vazirlar Amazon va Toyota Motor kompaniyalari bilan dori mahsulotlarini yetkazib berishni muhokama qilish uchun uchrashuv tashkil qilinishi rejalashtirilgan.