Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadalik o‘smirlar bomba haqida yolg‘on xabar tarqatganlikda ayblanib qo‘lga olindi
Kanadada politsiya portlovchi qurilma o‘rnatilgani haqida yolg‘on xabar tarqatgani uchun to‘rt nafar o‘smirni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda CTV News.
Mazkur yolg‘on xabar tufayli Kvebek va Ontario provinsiyalaridagi 80 taga yaqin maktabning o‘quvchisi evakuatsiya qilingan. Qo‘lga olingan 16—17 yoshli o‘smirlar Ontario chegarasidan uncha uzoq bo‘lmagan g‘arbiy Kvebekning uchta uncha katta bo‘lmagan turli shahrida istiqomat qilishar ekan.
Kvebek politsiya vakili Gi Lapoyntning ta'kidlashicha, o‘smirlarga “tahdid uyushtirish, fitna va yolg‘on xabar tarqatish” aybi qo‘yilgan. Maktablar ko‘zdan kechirilganda portlovchi qurilmalar topilmagan, tahdid elektron pochta orqali jo‘natilgan. O‘smirlarni qanday jazo kutayotgani haqida politsiya ma'lumot bermagan.