Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama aviaparvozlar xavfsizligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rib chiqmoqda
AQSh hukumati xorijdan mamlakatga parvoz etuvchi aviareyslarning xavfsizligini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda RIA “Novosti”.
“Obama ma'muriyati mamlakatga parvoz uyushtiruvchi bir qancha tijoriy aviareyslar xavfsizligi borasida qator chora-tadbirlar ko‘rib chiqmoqda”, — deb ma'lum qilgan Oq uy vakili Josh Ernest.
Ernest Misrda halokatga uchragan Rossiyaning A321 samolyotining tekshiruv ishlarida AQSh Rossiya va Misr bilan aloqa qilishini ta'kidlab o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, 31 oktabr kuni Sharm-el-Sheyxdan Sankt-Peterburgga parvoz qilgan Airbus A321 layneri halokatga uchragan, natijada uning bortidagi 217 nafar kishining barchasi halok bo‘lgan edi.