Jamiyat | 19:47 / 06.11.2015
4344
1 daqiqa o‘qiladi

Seulda Gangnam Style raqsiga bag‘ishlab haykal o‘rnatiladi

Janubiy Koreyaning Seul shahrida 2012 yilda janubiy koreyalik reper Psy tomonidan ishlangan klipdagi “chavandoz raqsi” —Gangnam Style’ga bag‘ishlab haykal o‘rnatiladigan bo‘ldi. Bu haqda “Renxap” agentligi xabar bermoqda.

Haykal yil oxiriga qadar shahardagi savdo-ko‘rgazma markazi qarshisa qad rostlaydi. Ushbu kompozitsiya muallifi haykaltarosh Xvang Man-Seok hisoblanadi.

Shahar hukumati Xvang Man-Seokaning ishi Seul ramzlaridan biriga aylanishi mumkinligini ta'kidlamoqda.

Gangnam Style videoklipi xali-hamon YouTuBe’dagi eng ommabop klip bo‘lib kelmoqda. Unga qo‘yilgan “layk”lar soni 10 milliontani tashkil etadi. Ko‘ruvchilarning soni esa 2,4 milliard nafardan iborat.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish