Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada birinchi bor boshqaruvchisiz avtomobil ishga tushdi
Avstraliya yo‘llarida ilk bor haydovchisiz avtomobil paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Australian.
Mamlakatning Adelaida shahrida o‘zi boshqariladigan Volvo XC90 avtomobili 7 km. masofani bosib o‘tdi. Undagi ko‘plab funksiyalar tizimi yangilangan. Avval ham shunga o‘xshash avtomobil namoyish etilgan edi. Ammo unining rulini har ehtimolga qarshi ushlab turish talab etilardi.
Bu safar mashina batamom haydovchisiz bo‘ldi. Yo‘l va transport sanoatida tadqiqotlar olib boruvchi ARRB kompaniyasining boshqaruvchi direktori Jyerard Voldronning ma'lum qilishicha, bu kashfiyot Avstraliya haydovchisiz avtomobillar texnologiyalari mohiyatini tubdan o‘zgartirib yubordi.