Jahon | 23:58 / 07.11.2015
2954
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada damba vayron bo‘lishi oqibatida 19 kishi bedarak yo‘qoldi

Braziliyaning Minas-Jyerays shtatida 5 noyabrda damba vayron bo‘lgandan keyin 19 kishi bedarak yo‘qolgan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Ulardan 6 kishi konchi, 13 kishi qo‘shni qishloqdagi odamlardir.

Avvalroq Braziliyada damba vayron bo‘lishi oqibatida 16 ga yaqin kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish