Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Kashmirni rivojlantirish uchun 13 mlrd dollar ajratadi
Hindiston hukumati Pokiston bilan bahsli chegara hududida joylashgan Jammu va Kashmirning shimoliy qismini rivojlantirish uchun 800 mlrd rupiy (qariyb 13 mlrd dollar) mablag‘ ajratadi. Bu haqda bosh vazir Narendra Modi Jammu va Kashmir shtatlarining ma'muriy markazi Shrinagar shahriga qilgan safari davomidagi chiqishida ta'kidlagan.
U shuningdek, muammoning asosiy yechimi yoshlarni ish bilan ta'minlash ekanligini bildirgan.
“Men qachonlardir butun Hindiston Kashmirga borishni xohlagan kunlarni qaytarmoqchiman”, - deya ta'kidlagan bosh vazir.
Chegaradagi nazorat liniyasini Hindiston va Pokiston armiyasi ajratib turadi va u huquqiy jihatdan kuchga ega emas. Britaniyalik bosqinchilar Hindistonni 1947 yilda bo‘lib yuborgandan keyin mamlakat boshidan uchta urushni o‘tkazgan. Ular 1947-1949 yillardagi, 1965 va 1971 yildagi urushlar hisoblanadi.