Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jurnalistlar uyushmasi yangi klub tashkil etadi
7 noyabr kuni O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi rahbariyati O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Xalqaro jurnalistika fakultetida mehmon bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz mobil muxbiri xabar berdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad, endilikda uyushma qoshida faoliyat yuritishi ko‘zda tutilgan yosh jurnalistlar klubining tuzilmasi, tarkibi va maqsadlari haqida talabalarni xabardor etishdan iborat bo‘ldi.
"Jurnalistlar ijodiy uyushmasi qoshida talabalar klubining ochilishi biz uchun chinakam xushxabar bo‘ldi. Unda biz ijodkor-tengdoshlarimiz bilan fikr almashish, ustoz-jurnalistlarimiz ta'limini olish, umuman, ijodiy mahoratimizini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Yosh jurnalistlar klubiga birinchilar qatorida a'zo bo‘lishni istayman. Bu loyiha biz uchun yaxshigina maktab vazifasini o‘tashiga ishonaman", - O‘zDJTU talabasi Mohlaroyim Qayumova.

Bo‘lajak jurnalistlar klubda yo‘lga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan mahorat maktablari, loyihalar va seminar-treninglar bo‘yicha taklif bildirishdi.

