Jahon | 17:25 / 07.11.2015
5602
1 daqiqa o‘qiladi

Masjidul Haromdagi qurilish va ta'mirlash ishlari 2016 yilda yakuniga yetkaziladi

Saudiya Arabistonidagi Masjidul Harom masjidida davom etayotgan qayta qurilish va ta'mirlash ishlari 2016 yil Ramazon oyiga qadar butunlay yakuniga yetkazilishi ma'lum qilindi.

Xabarda aytilishicha, Masjidul Harom oldin bir million (1 mln) namozxonni o‘z bag‘riga olgan bo‘lsa, qurilish-ta'mirlash ishlari nihoyasiga yetgach, to‘rt million (4 mln) namozxonni qabul qiladi.

Shuningdek, Masjidul Haromdagi qayta qurish ishlari tugatilgach, loyihaga ko‘ra, Madina shahridagi Payg‘ambar alayhissalomning masjidlari – Masjidun Nabaviy ham kengaytirilishi rejalashtirilgan, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasining rasmiy veb portali.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish