Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama iqlim o‘zgarishlari yuzasidan Parijda bo‘lib o‘tadigan sammitda ishtirok etishini bildirdi
AQSh prezidenti Barak Obama 30 noyabr—11 dekabr kunlari Parijda o‘tadigan BMTning iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan 21-anjumanda qatnashishini bildirdi. Bu haqda u Oq uyda jurnalistlarga ma'lum qilgan.
"Men o‘z hamkasblarim bilan Parijda bo‘ladigan uchrashuvni toqatsizlik bilan kutyapman, - dedi u. – Biz sayyorani himoya etish kabi ulkan maqsad yuzasidan yig‘ilmoqdamiz”.
Fransiya prezidenti 3 noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga mazkur yig‘ilishda qatnashishi uchun shaxsiy taklifnoma yubordi. "Men Vladimir Putinga shaxsiy taklifnoma yubordim, - degandi o‘shanda Olland. – Bizning bo‘lib o‘tayotgan hodisalarga qarashlarimiz turlichadir, ammo gap iqlim masalasida ketar ekan, u holda barchamiz jipslashishimiz kerak. Bu masala butun insoniyatga taalluqli”.
Iqlim o‘zgarishlari masalasida BMTning Parijda bo‘lib o‘tadigan sammitida butun dunyodan 80 ga yaqin davlat rahbari va vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.