Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Chelsi” APLda ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatiga uchradi
Angliya Premer-Ligasining 12-turida “Stok Siti” klubi o‘z maydonida bu mavsumda haddan tashqari yomon o‘yin namoyish qilayotgan “Chelsi”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv “Stok”ning uy maydoni “Britannia” stadionida bo‘lib o‘tdi.
O‘yindagi yagona to‘p 53-daqiqada yarimhimoyachi Marko Arnautovich tomonidan kiritildi.
Shu tariqa londonliklar “Liverpul” (1:3) va “Vest Xem” (1:2) klublaridan uchragan mag‘lubiyatlaridan keyin uchinchi mag‘lubiyatlariga uchradilar.
“Chelsi” 12 ta o‘yindan 7 tasida raqiblariga yutqazgan.
Ayni paytda “Chelsi” 11 ochko bilan 16-o‘rinda, “Stok siti” 16 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.
Angliya Premer-ligasi. 12- tur
Stok Siti – Chelsi – 1:0
Gol: Arnautovich, 53 (1:0).