Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Benzema advokati: “Karim Valbuenaga mojaro haqida xavotirlanmaslikni va tovlamachilarga videoni chop etishga imkon berishni aytgan”
Madridning “Real” futbol jamoasi hujumchisi Karim Benzemaning advokati Silven Korme “Lion” jamoasi yarimhimoyachisi Mate Valbuenani shantaj qilish atrofida vujudga kelgan vaziyat borasida o‘z fikrlarini aytib o‘tdi. Benzemaga ushbu ish bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.
“Karimda boshqa istalgan odam kabi huquq bor – ayblovchilar avval jabrdiydani so‘roq qilishlari kerak. Va shundan keyingina ayblov qo‘yishlari lozim edi.
Biroq bu vaziyatda aksincha bo‘lgan. Ular avval Karimga ayblov qo‘yishgan va endi ular Valbuena ularning versiyasini qo‘llab-quvvatlashiga umid qilib o‘tirishibdi.
Men yaqinda shuni aniqladimki, tergovchilar 5 oktabrda Benzema va Valbuena o‘rtasidagi suhbat asosida xulosa chiqarishgan.
Ba'zi joylar mening mijozim foydasiga talqin qilinmagan. Tergovchilar mendan Benzema va Valbuena o‘rtasidagi suhbatning oxirini eshittirmay, yashirishdi. Karim bu suhbat oxirida Valbuenaga pul to‘lamaslikni tavsiya qilgan.
“Benzema Valbuenaga “Mojaro haqida xavotirlanma, shunchaki oilangga bu haqda ayt va tovlamachilarga buni chop etishga yo‘l qo‘yib ber” deb aytgan, deb ma'lum qildi Korme.
Avvalroq Benzema Valbuenaga tovlamachilarga pul to‘lashi kerakligin aytgani ta'kidlangan edi.
Ma'lumot uchun, Benzema Fransiya terma jamoasi bo‘yicha o‘z jamoadoshi Valbuenani shantaj qilish ishi bo‘yicha 4 noyabrda hisbga olingan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, Valbuenadan uning ishtirokidagi jinsiy xarakterdagi video uchun pul talab qilingan.