Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Luis Enrike: “Barselona” Messisiz ham o‘ynay oladi
“Barselona” futbol jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaning bosh yulduzi, hujumchi Lionel Messi bo‘lmaganda ham yaxshi natijalar ko‘rsata olishga qodirligini ta'kidlab o‘tdi.
“Matbuot tez-tez bizning Messisiz o‘ynay olmasligimizni ta'kidlaydi. Albatta, Lionel o‘ynasa bizga plyus bo‘ladi, biroq biz usiz ham o‘ynay olishimizni namoyish qilganmiz.
Bizda a'lo darajadagi jamoa bor va har bir o‘yinchi ham himoyada, ham hujumda yaxshi o‘ynay boshladi. Biz Messisiz o‘ynashga moslasha oldik. “Barsa” nafaqat Neymar va Suaresdan iborat, biz himoya va yarimhimoyada yaxshi o‘yin ko‘rsatishimiz kerak.
Albatta, men barcha o‘yinchilarning tarkibda bo‘lishini istardim, biroq asosiysi ularning sog‘lig‘i. Messining tiklanishi yaxshi ketmoqda. O‘yinchi uchun “shifoxona koykasida” yotishdan yomonrog‘i yo‘q”, deb aytdi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Messi 26 sentabrda “Las-Palmas”ga qarshi uchrashuvning boshidayoq tizzasidan jiddiy jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘lgan edi. Taxminlarga ko‘ra Messining tiklanishiga 2 oycha vaqt talab etiladi.