Jahon | 19:12 / 08.11.2015
2055
2 daqiqa o‘qiladi

Ruminiyadagi tungi klubda chiqqan yong‘in qurbonlari soni 43 nafarga yetdi

Ruminiyaning Buxarest shahridagi tungi klublardan birida chiqqan yong‘in qurbonlari 8 noyabr tongida yana ikki nafarga ko‘paydi. Fojiada halok bo‘lganlarning umumiy soni 43 nafarga yetdi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining jurnalistlarga bergan ma'lumotlariga ko‘ra, ayni damda 103 nafar jabrlanuvchi kasalxonalarda yotibdi, ulardan 44 nafarining ahvoli og‘ir. Ruminiyalik tibbiyot xodimlari Gollandiya va Avstriyadagi hamkasblaridan ham yordam so‘rashgan.

Fojiani keltirib chiqargan sabab, klub yerto‘lasida bo‘layotgan bepul konsert vaqtida otilgan mushakdan, deb xulosaga kelishdi. Natijada u yerdagi ko‘pchilik kuyish va bug‘ilish oqibatida halok bo‘lgan. Klub rahbari Kristian Piyedone hibsga olingan.

Kecha tunda ham Buxarest markazida minglab kishilar parlamentni tarqatib yuborish, muddatdan oldin saylovlar o‘tkazish, korrupsiyaga qarshi kurashish, nafaqa va maoshlarni oshirish talabi bilan chiqishdi. Ma'lum qilishlaricha, namoyishlar Ruminiyaning boshqa shaharlarida ham o‘tkazilmoqda. 4 noyabr kuni jamoatchilik bosimi ostida bosh vazir Viktor Ponta iste'fo bergan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish