Jahon | 22:20 / 08.11.2015
4767
2 daqiqa o‘qiladi

Saakashvili: men yarim yilga yetadigan jamg‘arib qo‘ygan pulimga yashamoqdaman

Gruziyaning sobiq prezidenti, hozirda Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili AQShda Yangi yetakchilik xalqaro institutidagi faoliyati davrida jamg‘arib qo‘ygan pullariga yashayotganini aytdi. U yerda Saakashvilining bir yillik maoshi 200 ming dollarni tashkil qilgan.

“Men o‘zimning jamg‘arib qo‘ygan pullarimga yashamoqdaman. Mening AQShda o‘z institutim – yangi yetakchilik institutim bor, u yerda men yiliga 200 ming dollar maosh olganman. Men bu yerga kelganimda, bu maoshni olishda davom etishni juda istagandim, biroq menga buning iloji yo‘qligini aytishdi”, deb aytdi Saakashvili “Ukraina 112” telekanalida “Lyudi.Hard Talk” tok-shousida.

Saakashvili yig‘ib qo‘ygan pullariga yana yarim yil yashay olishini aytgan, bunday keyin esa pullar tugaydi.

Ma'lumot uchun, Saakashvili 2015 yil mayda AQShdagi Yangi yetakchilik xalqaro institutida ishlagan. U bu haqda feysbukda ma'lum qilgan hamda shu tariqa o‘ziga to‘qligini, gubernator lavozimini pul ishlash uchun emas, balki xalqqa xizmat qilishga egallaganini isbotlashga qaror qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish