Sport | 17:59 / 08.11.2015
2558
1 daqiqa o‘qiladi

Tiago Silva: “O‘ylaymanki, Ronaldu “PSJ”ga keladi

“PSJ” jamoasi sardori Tiago Silva “Real” hujumchisi Krishtianu Ronalduning Parij jamoasiga o‘tishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Men bu haqda hech narsa bilmayman. Albatta, u kuchli o‘yinchi, bizga kelib qo‘shilganida yaxshi bo‘lardi. U dunyodagi eng zo‘ri. Agar jamoa uni safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lsa, biz faqatgina bundan xursand bo‘lamiz.

Ronaldu istagan jamoasiga o‘tishi mumkin. Ammo “PSJ” o‘zgacha. Chunki unda chempionlar ligasida g‘olib bo‘lish kabi orzu-umid bor.

O‘ylaymanki Ronaldu “PSJ”ga keladi. U fransuz tilida mendan ko‘ra yaxshi gapiradi. Agar u jamoamizga kelib qo‘shilsa, aloqa qilishimiz qiyin bo‘lmaydi”, – dedi Silva.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish