O‘zbekiston | 16:27 / 09.11.2015
3795
1 daqiqa o‘qiladi

2020 yilga qadar O‘zbekistonda 16ta bug‘-gaz energiya qurilmalari o‘rnatiladi

2020 yilga qadar O‘zbekistonda 16ta yuqori samarador bug‘-gaz energiya qurilmalari o‘rnatiladi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Rustam Azimov Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro moliya forumi chog‘ida ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga qaraganda, har bir qurilmaning quvvati 500 mVtni tashkil qiladi. Qurilish ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.

Ularning modernizatsiyasi yirik xalqaro asbob-uskuna yetkazib beruvchilar – Hitachi, Kawasaki hamda Yaponiyaning yana bir qator kompaniyalari yordamida, Yaponiya xalqaro hamkorlik jamg‘armasining (JICA) moddiy ko‘magida amalga oshiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish