Jahon | 17:48 / 09.11.2015
3333
1 daqiqa o‘qiladi

Airbus 32ta ulkan A380 laynerini sotadi

Yevropaning Airbus aviasoz konserni 32ta ulkan uzoq magistrallari A380 avialaynerini sotish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda konsern operatsion direktori Jon Lixi Dubayda bo‘lib o‘tgan xalqaro aviasalonda aytib o‘tdi.

The Financial Times nashrining yozishicha, shartnoma yaqin 2 oy ichida imzolanadi. Buyurtmani ikki yirik kompaniya o‘zaro bo‘lishib oladi; ularning nomi oshkor qilinmayapti.
A380 dunyodagi eng sig‘imli samolyot sanaladi. Uning bortiga 800 yo‘lovchi sig‘adi.

Uni loyihalashtirishga Airbus 15 mlrd dollar sarfladi. Joriy yilda konsern A380larning dvigatellarini o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingan edi. Lixining so‘zlariga ko‘ra, bu masala 2016 yildan erta hal bo‘lmaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish