Sport | 01:01 / 09.11.2015
3872
2 daqiqa o‘qiladi

Angliya premer-ligasi: “Liverpul” mag‘lubiyatga uchradi, “Manchester Siti” va "Arsenal"da esa durang

Futbol bo‘yicha Angliya premer-ligasining navbatdagi 12-tur uchrashuvlari kutilmagan hodisalarga boy bo‘ldi. 

Liverpulda o‘tkazilgan “Liverpul” va “Kristal Pelas” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘yin murosasiz kechdi. Uchrashuvning 21-daqiqasiga kelib mezbonlar jamoasi darvozasi Yannik Bolase tomonidan ishg‘ol qilindi. Shundan so‘ng, “Liverpul” hujumga zo‘r berdi.
Birinchi bo‘lim oxirlariga kelib, Filippe Koutinoning kiritgan to‘pi mezbonlarni biroz tinchlantirgandek bo‘ldi. Jamoalar tanaffusga durang natija qayd etib, chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limda esa “Kristal Pelas” o‘yinchisi Skott Danning urgan goli barchasiga yakun yasadi. “Liverpul” o‘z uyida, maydondagi 44 115 nafar tomoshabin qarshisida mag‘lubiyat alamini tortdi — 1:2.

Premer-ligaining boshqa uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi:

“Arsenal” (London) — “Tottenxem” (London) 1:1
Gollar: Garri Keyn 32, 0:1. Kiran Gibbz 77, 1:1. 

“Aston Villa” (Birmingem) — “Manchester siti” (Manchester) 0:0

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish