Jamiyat | 18:11 / 09.11.2015
4389
2 daqiqa o‘qiladi

Angliyadagi tungi klub oldida 20 yoshli yigitning qo‘lini kesib ketishdi

Angliyaning janubiy-sharqida joylashgan Louton shahrida (Esseks grafligi) niqobli bosqchinchilar 20 yoshli yigitga hujum uyushtirishdi, deb yozadi The Independent.

Manbaning yozishicha, ular fuqaroning bir necha joyiga pichoq bilan hamla qilishgan, uning qo‘lini kesib, voqea joyidan g‘oyib bo‘lishgan.

Voqea 7 noyabr kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchi o‘z o‘rtoqlari bilan tungi klubga hordiq chiqarish uchun tashrif buyurgan. U mazkur binodan chiqqani zahoti uch yoki to‘rt nafar jinoyatchilar hujumiga uchragan.

Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, bosqinchilar bir necha marotaba bolaga pichoq bilan zarba bergan. «U trotuarda yotardi. Uning tanasiga bir nechta kesilgan joylarni ko‘rish mumkin edi. Orqa tomonidan ham uning to‘rtta joyidan jiddiy jarohat olganini ko‘rish mumkin edi. Juda ko‘p qon yo‘qotilgandi», — deydi guvoh.

Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Hozircha uning ahvoli borasida aniq ma'lumotlar yo‘q. Jinoyatning “qaynoq izi”da politsiya 30 yoshli shubhali shaxsni qo‘lga olgan.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, jinoyatchilar voqea joyidan qora rangdagi Audi A8 mashinasidan qochib ketishgan. Yoqib yuborilgan avto shanba kuni ertalab topilgan. «Tekshiruvlar hujum shunchaki tasodif tufayli emas, oldindan o‘ylangan reja asosida qilingani sezilib turibdi», — deydi graflik politsiyasi matbuot kotibi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish