Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:29 / 09.11.2015
2785
1 daqiqa o‘qiladi
Latviyada NATO qo‘shinlarining o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
9 noyabrda Latviyada mamlakat qurolli kuchlarining NATO tez ta'sir guruhi bilan hamkorlikdagi Arrcade Fusion 15 harbiy mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Latviya mudofaa vaziri Raymonds Bergmanisga tayangan holda TASS agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, o‘quvlarda 500 xorijlik harbiy xizmatchi ishtirok etadi.
Tez ta'sir shtabi ushbu tadbir davomida gumanitar inqiroz sharoitlarida NATO kuchlarini joylashtirish masalalarini hal qiladi.
O‘quvlar 17 noyabrga qadar davom etadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish