Jahon | 12:38 / 09.11.2015
2212
1 daqiqa o‘qiladi

NATO Ruminiyadagi yong‘in jabrlanuvchilariga ko‘mak ko‘rsatadi

NATO harbiy bloki joriy yilning 30 oktabr kuni Ruminiyadagi tungi klublarda chiqqan yong‘inda jabrlanganlarga yordam ko‘rsatadi.

Shu kunlarda tashkilot jabr ko‘rgan 12 nafar fuqaroni Buyuk Britaniya va Norvegiyadagi kasalxonalarga davolanish uchun yuborgan.

Ruminiya sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda 21 nafar odam Yevropaning boshqa hududlari, jumladan Isroildagi shifoxonalarga yetkazilgan.

Ma'lumot uchun, Buxarestdagi Colectiv tungi klubida kelib chiqqan yong‘in natijasida 45 nafar odam vafot etgan. Bir necha o‘nlab kishilar jarohat olishgan. Ulardan 30 nafarining ahvoli og‘ir ekani qayd qilingan.

Politsiya bergan ma'lumotga ko‘ra, yong‘inning kelib chiqishiga klub ichida pirotexnika vositalaridan foydalanilgani sabab bo‘lgan. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda, yong‘in kelib chiqqanda qo‘shimcha eshiklar ko‘p bo‘lmagani talofat ko‘lamining kengayishiga olib kelgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish